UCHUR
UCHUR — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasi va Saxa (Yakutiya)dagi daryo, Aldanniit o’ng irmog’i (Lena havzasi). Uzunligi 812 kilometr, havzasining maydoni 113 ming kilometr kvadrat. Stanovoy tizmasining Sharqiy chekkasidan boshlanib, Aldan tog’ligining Sharqiy chekkasi bo’ylab, ko’pincha tor vodiydan oqadi. Yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1345 metr kub/sekund. Eng yirik irmoqlari: Uyan, Tirkan, Gonam, Ginim. Noyab.da muzlab, mayda muzdan bo’shaydi. Quyilish joyidan 159 kilometrgacha kema qatnaydi.