“FIAT”

“FIAT” (FIAT; Fabrica Italiana Automobili Torino) — Italiyadagi eng yirik avtomobil korporatsiyasi. Yengil, sport, yuk avtomobillari, sanoat (metro poezdlari, vagonlar) va qishloq xo’jalik texnikalari ishlab chiqaradi, shuningdek, aerokosmik mahsulotlar ishlab chikaradigan korxonalari ham bor. Uning bosh idorasi Turin shahrida. Korporatsiya 1899 yili bir guruh sarmoyachilar tomonidan ta’sis etilgan bo’lib, ular orasida Javanni Anelli ham bo’lgan. J. Anellilar sulolasi hozirgacha “Fiat”ga rahbarlik qilib keladi. 1899 yil korporatsiyada “Reno” kompaniyasining lisenziyasi bilan “Reno” avtomobillari yig’ila boshlagan. 1912 yildan boshlab, “Fiat” rusumli avtomobillarni keng seriyada ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1909 yil AQShda “Fiat”ning “Poughkeepsie” zavodi ishga tushirildi. 1936-2002 yillarda “Fiat” korporatsiyasida yengil avtomobillarning o’nlab yangi modellari yaratildi. 1966 yil sobiq Sovet davlati “Fiat” bilan shartnoma tuzib, 1967-71 yillarda Tolyati shahrida SSSRda eng yirik Volga avtomobil zavoddining 1-navbati qurilishini amalga oshirdi (yillik quvvati 220 ming avtomobil) va “Fiat — 124” (VAZ — 2101 “Jiguli”) modelini keng miqyosda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu avtomobillar O’zbekistonda ham keng tarqaldi. AQSh, Polsha, Braziliyada korxonalari bor. 2002 y.da bankrotlikka uchragan FERRARI va LANCA, ALFA ROMEO kompaniyalarini sotib olgan. Sadir Salimov.