FRIKTSION UZATMA

FRIKTSION UZATMA – bir-biriga siqilib aylanadigan disklar, tsilindrlar, konuslar va boshqalar orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga aylanma harakat uzatiladigan yoki o’zgartiriladigan mexanik uzatma. Friktsion uzatma o’qlari parallel va kesishuvchi vallar orasida harakat uzatish, aylanma harakatni vintli va ilgarilama harakatga aylantirish uchun ishlatiladi. Friktsion uzatma o’zgarmas va o’zgaruvchan uzatish nisbatida ishlaydi. Uzatish nisbati o’zgarmas bo’lgan Friktsion uzatma siquvchi kuchni hosil kilish kiyin bo’lmagan asboblarda ishlatiladi. Mashinasozlikda, ko’pincha, uzatish nisbati o’zgaruvchan Friktsion uzatma ishlatiladi. Bularning aylanish tezliklari pog’onasiz tarzda (aylanuvchi jismlar radiusini kattalashtirib yoki kichraytirib) o’zgartiriladi. Pog’onasiz Friktsion uzatma diskli, konussimon, sharli va toresli xillarga bo’linadi. Friktsion uzatma asboblar, stanoklar, yuk ko’taruvchi hamda transport mashinalari va boshqalarda qo’llanadi.