FRIDMEN (FRIDMAN) MILTON

FRIDMEN (FRIDMAN) MILTON (1912.31.7, Nyu-York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. Ratgers universitetini tugatgan (1932). Falsafa (1946) va huquq (1968) doktori. Chikagodagi universitetda iqtisodiyot professor (1948 yildan). 1971— 74 yillarda AQSh prezidenti R. Niksonning iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchisi. Asosiy ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bag’ishlangan. Fridmen makroiktisodiyotda monetarizm yo’nalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini o’rganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Keynschshshkka qarshi bo’lgan Fridmen tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining o’zi davlat iktisodiyotga faol aralashmagan hollarda ham takror ishlab chiqarishning o’z me’yorida borishini ta’minlaydi deb qaragan. Fridmen nuktai nazariga ko’ra, davlatning vazifasi muomaladagi pul miqdori o’sishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim. Asosiy asarlari: “inflyatsiyani bartaraf etishda soliqqa tortish”, 1943; “pozitiv iqtisodiy nazariya ocherklari”, 1953; “iste’mol funktsiyalari nazariyasi”, 1957; “narxlar nazariyasi”, 1962; “Amerika Qo’shma Shtatlarida pul muomalasi tarixi, 1867-1960 yillar”, 1963; “inflyasiya sabablari va oqibatlari”, 1963. Nobel mukofoti laureati (1976).