MADRAS UNIVERSITETI

MADRAS UNIVERSITETI – Hindistondagi eng yirik va qadimgi universitetlardan biri. 1857 yil tashkil etilgan. Matematika, statistika, fizika, kimyo, zoologiya, botanika, antropologiya, geologiya va Geofizika, geografiya, huquq, pedagogika, tibbiyot, sharqshunoslik, qishloq xo’jalik, texnologiya, veterinariya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet tarkibida 100 dan ortiq kollej bor. 100 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Universitet kutubxonasida 210 mingdan ortiq asar saqlanadi.