MAYONEZ

MAYONEZ (Frans. mayonnaise) — 1) o’simlik moyi, tuxum sarig’i, sirka, xantal, shakar va boshqa xushbo’y moddalardan tayyorlanadigan sous (qayla). Taomlar, turli pishiriklarga qo’shiladi; 2) baliq, go’shtdan shunday sous qo’shib tayyorlanadigan yaxna taom.