FILATOV ALEKSANDR NIKOLAYEVICH

FILATOV ALEKSANDR NIKOLAYEVICH (1930.1.10, Chelyabinsk viloyati) — matematik va mexanik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1974), fizika matematika, fanlari doktori (1969), professor (1970). O’rta Osiyo universitetining fizika matematika fakultetini tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika va mexanika institutida aspirant (1953-56), ilmiy xodim (1957— 61). Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, so’ng hisoblash markazli kibernetika institutida laboratoriya mudiri (1961-69), direktor o’rinbosari (1969-79). Rossiya Gidrometeorologiya markazi direktori (1979 yildan). Ilmiy ishlari, asosan, differentsial va integrodifferentsial tenglamalar nazariyasiga asimptotik usullarni qo’llashga oid. Filatov integral va integrodifferentsial tenglamalarning o’rtalashtirish va barqarorlash usullarini ishlab chiqqan. As: metodi usredneniya v differentsialnix i integrodifferentsialnix uravneniyax, T., 1971; Asimptoticheskie metodi v teorii differentsialnix i integrodifferentsialnix uravneniy, T., 1974; Integralnie neravenstva i teoriya nelineynix kolebaniy, M, 1976 (v soavtorstve).