NAVBAHOR

NAVBAHOR — otashparastlarning qadimgi butxonasi. Balxning Janub tarafida shahar yonida joylashgan. Ibn al- Faqihning yozishicha, Navbahorda otashparastlarning juda katta ma’budasi bo’lgan va unga sig’inish uchun tevarak-atrofdan juda ko’p kishi kelib turgan. Navbahor ko’p marta buzilib, yana tiklanib turgan. U birinchi marta Arab xalifaligi davrida vayron qilingan.