NAZRAN

NAZRAN — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1967 yildan), Ingushiya Respublikasi poytaxti. Rostov-don—Boku temir yo’l liniyasi yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi, Grozniy shahridan 91 kilometr g’arbda joylashgan. Aholisi 76,4 ming kishi (1998). Elektr asboblar, un zavodlari, trikotaj fabrikasi bor.