NANAYLAR

NANAYLAR (o’zlarini Nani deb atashadi; eski nomi — goldlar) — asosan, Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk va Primore o’lkalarida yashovchi xalq. Rossiyadagi umumiy soni 10,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Xitoyda 2 ming kishiga yaqin Nanaylar yashaydi. Nanay tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman pravoslavlar, an’anaviy e’tiqodlar saqlangan.