NANNIN

NANNIN — Xitoyning Janubiy qismidagi shahar. Guansi-Chjuan muxtor rayonining ma’muriy, muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Aholisi 2,8 million kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Yuszyan daryosi bo’yidagi port. Qishloq xo’jalik rayoni va qishloq xo’jalik mahsulotlarini taqsimlash markazlaridan. Metallurgiya, mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet, tibbiyot va qishloq xo’jalik institutlari bor.