Shashka necha yoshda?
Odamzot o’ynaydigan ikki eng qadimiy o’yinlar — bu, shaxmat va shashka. Ular bir-biriga ancha o’xshash, biroq shashka birmuncha oddiy bo’lgani tufayli u birinchi paydo bo’lgan deb hisoblanadi. Ilk Misrda ham shashka o’ynashardi, bu o’yinning yoshi 5000 yildan oshadi. Platon va Gomer o’z asarlarida shashka o’yinini tilga olib o’tganlarmi, demak, shashka qadimgi Yunonistonda ham ma’lum bo’lgan. Rimliklar bu o’yinni yunonlardan o’zlashtirganlar deb hisoblanadi, O’yin xususidagi ilk qaydlarda uni o’ynash uchun hozirgisiga o’xshash taxtadan foydalanilganligi va har bir raqib tomondan 12 kishi ishtirok etganligi eslatiladi. Shashkaga oid birinchi kitob 1547 yili Ispaniyada chop etilgan edi. 1620 yili shu mamlakatda bu o’yinga oid boshha kitob ham chiqadi. Unga o’z zavqini hozir ham saqlab qolgan yurish va kombinatsiyalardan misollar kiritilgan edi. Ispanlar bu o’yinni mavrlardan, ular esa o’z navbatida arablardan o’rgangan deb hisoblashadi. Angliyada esa shashkaga oid dastlabki kitob 1756 yilda paydo bo’lgan. 1800 yilda Joshua Sturges tomonidan yozilgan tag’in bir kitob chiqadi va u shashka o’yini bo’yicha dasturilamalga aylanadi, undan ellik yil mobaynida keng foydalanishgan. Bugun shashkani millionlab odamlar o’ynaydi. O’yin muallimlar tomonidan mantiqiy tafakkur va diqqat-e’tiborni o’stirishning eng yaxshi usuli-vositasi sifatida tan olingan. To’shakka mixlanib qolgan yoki uzoq davom etgan xastalikdan so’ng sog’ayayotgan ko’plab odamlar shifokorlarning tayinloviga ko’ra shashka o’ynashadi. Shifokorlar bu o’yinni bemorga muolajaviy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydilar.