MALANG

MALANG — Indoneziyadagi shahar, Yava orolining Sharqiy qismida, semeru vulkani etagida. Aholisi 765 ming kishi (1990-yillar oxirlari). Transport yo’llari tuguni. Brantas daryosi havzasidagi plantasiyalar (kofe, kauchuk, shakarqamish) rayonining savdo markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, mebel korxonalari, tamaki fabrikasi, universitet bor. Shahar yaqinida Kidal (13-asr o’rtalari), singasari (1300), jago (13-asr) ibodatxonalari saqlangan.