LINCHYOPING
LINCHYOPING – Shvetsiyaning Janubiy qismidagi shahar, Vettern va Venern ko’llarini mamlakatning Sharqiy sohillari bilan bog’lovchi Gyotakanal bo’yida. Estergyotland Lenining ma’muriy markazi. Aholisi 126,2 ming kishi (2000). Mashinasozlik, asosan, aviasozlik, radioelektronika, harbiy sanoat korxonalari (“Saab” kontserni), universitet bor. Shaharga 12-asrda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- Lindgren (Lindgren) Astrid Anna Emiliya
- Lindsey (Lindsay) Jek
- Lingafon kabineti
- Lingvistik atlaslar, dialektologik atlaslar
- Lingvistik falsafa, Lingvistik tahlil falsafasi
- Lingvistik geografiya, dialektografiya
- Lingvistik qonun
- Lingvistik tahlil


