Lindsey (Lindsay) Jek

Lindsey (Lindsay) Jek (1900.20.10, Melburn, Avstraliya — 1990.10.3, Liverpul) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Ijodi 30-yillardan boshlangan. «1649. Bir yilning tarixi» (1938), «biz qaytamiz» (1942), «qirq sakkizinchi yil odamlari» (1948), «Smitfilddagi gulxanlar» (1950) va boshqa tarixiy romanlar muallifi. Lindsey hujjatli voqealarni rivoyat va afsonaviy mavzular bilan omixtalashtirgan. «Britaniya yo’li» epopeyasidan o’rin olgan «sotilgan bahor» (1953), «Sening uying» (1957), «niqob va qiyofalar» (1963) romanlarida 2-jahon urushidan keyingi Britaniyadagi turli aholi qatlamlarining hayoti aks ettirilgan. Hayotdagi qarama-qarshiliklar, tinchlik va urush masalasi, axloqiy munosabatlar yozuvchining asosiy mavzui bo’lgan. Lindsey olim sifatida adabiyotning hayotdagi o’rniga yuksak baho bergan. O’z salaflari — ijodkorlar merosini kengtadqiq etishga intilgan. Ch. Dikkens, J. Benyan, J. Meredit haqida kitoblar yozgan. Tarix («Vizantiya va Yevropa», 1950; «Uot- Tayler», 1964), san’atshunoslikka oid («Jekson Terner», 1966; «Pol Sezann», 1969; «Gyustav Kurbe», 1973) asar va monografiyalar, madaniyat tarixiga Bag’ishlangan («Kleopatra», 1971) kitobi bor. Asarlari jahonning ko’plab tillariga tarjima qilingan.