Liotrop qatorlar

Liotrop qatorlar (Yunoncha Luo – eritaman va trope — burilish, o’zgarish), Gofmeyster qatorlari — biror erituvchida eritilganida o’sha erituvchi muhitida o’tadigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi va chuqurligiga, shuningdek, erituvchining xossalariga qarab muayyan tartib bilan joylashtirilgan ionlar qatori. Suvdagi eritmalarda faollashtirilgan ko’mir yoki boshqa adsorbentlar bilan adsorbtsiyalana olish xususiyatining kuchayib borishiga qarab qator qilib joylashtiriladigan, zaryadi birga teng anorganik anionlar F-, SN3SOO , NSOO , S1 , Br-, NO,-, I-, CNS – va ishqoriy hamda ishqoriy – yer metallarning zaryadi bir va ikkiga teng kationlari Li+, Na+, NH+4, K+, Rb+, Cs+; IT, Ag+, UO2+2, Be2+, Mg2+, Cd2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+ ning Liotrop qatorlari tavsifli. Turli kimyoviy-texnologik va biokimyoviy jarayonlarni tushunish va yo’nalishli boshqarishda Liotrop qatorlar tushunchasi muhim ahamiyatga ega.