LIGURI DENGIZI

LIGURI DENGIZI – O’rta dengizning bir qismi, Korsika va Elba orollari bilan Frantsiya, Monako va Italiya qirg’oqlari oralig’ida joylashgan. Shimol qismida Genuya qo’ltig’i bor. Havzasining maydoni 15 ming kilometr kvadrat. Asosiy portlari: Genuya, Livorno, Spesiya, Nissa. Liguri dengizi sohillari dunyo ahamiyatidagi kurort joy, u yerda Frantsiya va Italiya Riveralari joylashgan.