Likvasion konlar

Likvasion konlar – tarkibida metall sulfidlar mavjud bo’lgan magmaning sovishi va kristallanishidan hosil bo’lgan foydali qazilma uyumlari. Likvasiya natijasida silikatli va sulfidli eritmalar hosil bo’ladi. Silikatli eritmani sovib qotishida gabbro-peridotitli magmatik jinslar, sulfidli eritmaning kristallanishida esa sulfid rudali konlar hosil bo’lgan. Bunday konlar likopchasimon massivlarning tub qismida tashkil topgan. Sulfidli mis-nikel Likvasion konlar kengroq tarqalgan, ularning tarkibida ko’p miqdorda pirrotin, pentlandit, xalkopirit va bir oz magnetit, kobalt hamda platinoid minerallari bo’ladi. Rudalar massiv va Xoldor tuzilishida. Sulfidli mis-nikelli Likvasion konlarni ichida eng yirik va rudaga boylari ma’lum va ular mis, nikel, kobalt va platinoidlarni qazib olishda asosiy manba hisoblanadilar (masalan, Rossiyada Norilsk, Talnax, Pechenga, Kanadada Sadberi, Avstraliyada kambal konlari).