MADANIY O’SIMLIKLAR
MADANIY O’SIMLIKLAR – inson tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo olish, chorva mollari uchun ozuqa tayyorlash, turar joy hamda atrof muhitni ko’kalamlashtirish va boshqa maqsadlarda etishtiriladigan o’simliklar, Madaniy o’simliklarning turlari, shakllari va navlari har xil bo’lib, ular yovvoyi ajdodlarini xonakilashtirish, mavjud Madaniy o’simliklar bilan duragaylash, keyinchalik esa selektsiya usuli orqali yaratilgan. Madaniy o’simliklarning ko’pchiligi — makkajo’xori, bug’doy, Polba, sholi, soya, shakarqamish, tok va boshqa o’simliklar qadim-qadimdan yetishtirib kelinadi. Yovvoyi o’simliklarning taxminan 2,5 ming turi madaniylashtirilgan. Ularning ko’pchiligi qishloq xo’jalik ekinlari.