Madaniy yaylov

Madaniy yaylov — mahsuldor o’t qoplamini o’stirish, yaylov maydoni- ni maxsus tayyorlash va jihozlash yo’li b-n meliorasiyalangan o’tloqlarda barpo qilingan yaylov. Tabiiy-xo’jalik sha- roitlariga ko’ra, 2 turdagi M.ya. tashkil etiladi: qisqa muddatli (5-6 y.lik) va uzok, muddatli yoki uzok, yillar (7— 10 y. va undan ortiq)ga mo’ljallangan yay- lov.M.ya. dastavval chorvachilik soxasi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda — gol- landiya, Daniya, Shvesiya, Angliya, AQSh, Yangi Zelandiyada 19-a.ning oxirlaridan boshlangan. 1980-y.lardan O’zbekistonda Toshkent viloyatidagi “qizil Shalola”, “Erkin”, “Oqqo’rg’on”, Samarqand vilo- yatidagi Ulug’bek nomli, Andijon vilo- yatidagi “Savay” xo’jaliklarida sigir- larni yayratib boqish uchun uzoq yillarga mo’ljallangan M.ya.lar tashkil etilgan. Tabiiy o’tloqzorlar asosida M.ya. yara- tish uchun yaylov barpo etiladigan erni tekislash, yaylovni suv b-n ta’minlash va bu yaylovlarga organik va mineral o’g’itlarni mo”tadil ravishda qo’llash tashkil etiladi. Agar yaylov o’ti siyrak bo’lsa, kuz faslida dukkakli va boshoqli o’simliklar urug’i sepiladi. M.ya. tashkil qilishda etarli tabiiy yog’inlardan foydalanish yoki yomg’irlatib sugorishni tashkil etgan holda har 100 yoki 200 bosh sog’in sigir uchun mo’ljallab ajratilgan maydon (100 bosh sigirga 7,5 ga) sim to’siqlar b-n bir necha may- da (taxm. 30 ta) paykallarga bo’linadi. Paykal maydoni molning bosh soni, mahsuldorligi va yaylovga ekilgan ozuqabop ekinlarning hosildorligiga qarab aniqlanadi. 1 kun o’tlatishga mo’ljallangan paykalning eni (100 bosh sigir uchun) 50-60 m, u ikki yoni- dan 25 volt kuchlanishiga ega bo’lgan elektr toki o’tkazilgan sim to’siqlar b-n o’raladi. Odatda, har paykalda sigir- lar 1 kun o’tlatilsa, paykal maydonini hisoblashda yaylovning hosildorligi va 1 kunda o’rtacha 10-15 kg sut beradigan sigirlarning 50-60 kg ko’k massa iste’- mol qilishi nazarda tutiladi. M.ya.lar tashkil etish o’tloqlardan foydalanish samaradorligini oshiradi, chorva mahsuldorligini ko’paytirib, ma- stit va tuyoq kasalliklarini kamaytira- Di (q. Yaylov). Ad.h Hamroqulov P., Karibaev K., Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish, T., 1999; Mamasol iev I. M.vab., O’zbekistondagi madaniy yaylov- larda ozuqa etishtirishni jadallashti- rish texnologiyasiga doyr tavsiyalar, T., 1990. Ro’zimat Hamroqulov.