ABDULKARIM BUXORIY
ABDULKARIM BUXORIY (? – 1830) — tarixchi, geograf, sayyoh. 1804 yil Amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida ta’minotchi bo’lib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida bo’lgan. 1807 yil Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib bo’lib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan. Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afg’oniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan bo’lib, u “Tarixi Nadimiy” nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer “Markaziy Osiyo tarixi” deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876).