ABDULLA KULOL
ABDULLA KULOL (Kali Abdullo, 1815 — Rishton — 1900) — kulol, koshinpaz usta. Rishton va Qo’qonda ishlagan. Farg’ona kulollari ishlariga boshchilik qilgan. Xudoyorxon o’rdasining (hozirgi Qo’qon o’lkashunoslik muzeyi) bosh fasadini rang-barang koshinlar bilan bezashda qatnashgan (1867 — 73). Abdulla kulol ishlaridan namunalar (sopol idishlar) O’zbekiston davlat san’at va Qo’qon o’lkashunoslik muzeylarida saqlanadi.