ABDULLABEKOV

ABDULLABEKOV Qahhorbek Nosirbekovich (1942, Toshkent) — geofizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari Doktori (1988), professor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya institutida katta ilmiy xodim (1974 yildan), laboratoriya boshlig’i (1977 yildan), 1989 yildan direktor. Asosiy ilmiy ishlari zilzila xavfini aniqlash, geofizik usullar majmui yordamida zilzilalarni oldindan aytish muammolariga doir. Abdullabekov elektromagnit zilzila darakchilarining namoyon bo’lish qonuniyatlarini aniqlagan, zilzilalarni oldindan aytishning uch yangi usulini ixtiro qilgan va fanda ilgari noma’lum bo’lgan zilziladan oldin yer qobig’idan kuchli elektromagnit to’lqinlari ajralib chiqishini aniqlagan, ba’zi kuchli zilzilalarning yuz berish joyi, kuchi va vaqtini (boshqa olimlar bilan hamkorlikda) oldindan aytib bergan. As: Elektromagnitnie yavleniya v zemnoy kore, T., 1989