ABDULLOH ANSORIY MAQBARASI

ABDULLOH ANSORIY MAQBARASI — Hirot (Afg’oniston) dagi me’moriy yodgorlik (1425-29) va mashhur ziyoratgoh. Hazira — maqbara atrofi 30 hujra — xilxona bilan o’ralgan, oldida baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda asosan, Temuriylar avlodi — Hirot hukmdorlarining qabrlari bo’lib, oq, qora marmar qabrtoshlar o’rnatilgan. Ansoriy qabri ustiga keyinchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (balandligi 7,5 metr) o’rnattirgan (saqlanmagan). Xona bezagida sirlangan g’isht, parchin va marmar, girih naqshlari ishlangan, kufiy uslubda xatlar bitilgan.