ABDULHAMID MAJIDIY kim bo’lgan?
ABDULHAMID MAJIDIY (taxallusi Abutanbal, A. B., Chaqmoq 1902 — Kattaqo’rg’on — 1938) — o’zbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, so’ngra Kattaqo’rg’onda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. “Zarafshon” (1925 — 26), “Ozod Buxoro” (1927-28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor, adabiy emakdosh (1929-33). Toshkentda “Mushtum” jurnalida (1934-37) ishladi. 1920 yildan matbuotda uning she’rlari bosila boshladi. “Xandon lolalar” (1929), “Qaldirg’och” (1932), “Hangoma” (1937) nomli she’riy va nasriy to’plamlari chop etilgan. “Varqa va Gulshoh”, “Otsiz” pyesalari bor. Kattaqo’rg’on shahridagi teatrga Abdulhamid.Majidiy nomi berilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Abdulhamid
- ABDULHAMID II kim bo’lgan?
- Abdulhamid Majidiy (1902-1938) kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDULHAQ KOTIB kim bo’lgan?
- ABDULHAY kim bo’lgan?
- ABDULJAMIL kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDULKARIM BUXORIY kim bo’lgan?
- ABDULKARIM kim bo’lgan?





