ABKAYK
ABKAYK — Saudiya Arabistoni Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi qariyb 10 ming kishi. Temir yo’l stantsiyasi. Yaqin Sharqda neft qazib olinadigan muhim markazlardan. Abkaykdan turli tomonga 6 ta magistral neft quvuri tortilgan, jumladan Arabiston yarim orolini kesib o’tuvchi “Taplayn” neft quvuri Livanning sayda shahrigacha boradi. Neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda; oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod bor.