ABRAMOV MUZLIGI

ABRAMOV MUZLIGI – olay tizmasining Janub yon bag’ridagi muzlik. Ko’ksuv (Kizilsuvning irmog’i) havzasida. Maydoni 22,8 km2, uzunligi 10 kilometr. Muzlikning to’yinish havzasi keng muz hosil bo’lish mintaqasi — tsirkdan iborat. Muzlik 4960 metr balandlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 metr balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 160 — 170 metr, o’rtacha qalinligi 110 metr. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20 — 30 santimetr, lekin har 10-11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 metrga yetadi. 1972 — 73 yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 metrga surilgan. Abramov muziligida 19 asr oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.