ABRUY QO’ZG’OLONI

ABRUY QO’ZG’OLONI – 6-asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi quyi Sug’d (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambag’al tabaqasining ko’targan qo’zg’oloni. Qo’zg’olonga Abruy boshchilik qilgan. 10-asrda yashagan Buxoro tarixchisi Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi Abruyni Boykand (Poykend) shahriga hokim qilib tayinlaydi. Abruy qo’zg’olondan zarar ko’rgan dehqonlar va mulkdorlarning ko’pchiligi Turk xoqonligi qo’l ostidagi Taroz va Turkiston sh. larig’a qochib borib, Turk xoqoni Qorachurindan qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam so’raydilar. Qorachurin o’g’li sheri kishvar (Elbars yoki Elarslon) boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qo’zg’olon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana o’z egalari — dehqonlarga qaytarib beriladi.