ABU BASHAR MATO

ABU BASHAR MATO ibn Yunus nasroniy Nasturiy (? — 940) — olim, tarjimon. Xalifa Roziy zamonida (934 — 940) bir necha vaqt Bag’dodda turgan. Aristotelning “Kitob ul-ibora”, “Mabhas ul-buhron” asarlariga sharhlar yozgan, “Poetika” kitobini suryoniychadan arab tiliga, “Maso ul-olam” kitobining ba’zi muqaddimalarini, Yahyo ibn Serafionning “Kunnosh” asarini, Platon, Iskandar Afrodiziy va boshqalae. Olimlarning asarlarini arab tilidan suryoniy tiliga tarjima qilgan.