ABU JAHL

ABU JAHL (asl ismi Amr ibn Hishom) — Makka zodagonlaridan biri. Muhammad (sav) targ’ibotiga qarshi turgani, unga dushmanlik qilgani uchun la’natlangan. Islom an’anasida unga Abu Jahl (jaholat egasi) laqabi berilgan. Abu Jahl makkaliklar va madinalik musulmonlar o’rtasidagi Badr jangi (624) da halok bo’lgan.