ABU MANSUR ISFAHONIY

ABU MANSUR ISFAHONIY Husayn ibn Zayd ibn Tohir (? — 1057) — riyoziyotchi, musiqada Ibn Sinoning (Isfahondagi) shogirdi. Ibn Sinoning falsafiy risolalaridan “Hay ibn Yaqzon” (“Yaqzonning o’g’li Hay”) asariga sharh yozgan hamda “Shifo” asarining mazmunini saqlagan holda qisqartmasini tuzgan.