ABU SAID MUHAMMAD RUMIY (PAXLAVON)

ABU SAID MUHAMMAD RUMIY (PAXLAVON) (15-asr) – hirotlik olim, shoir, sozanda-bastakor, xonanda. Hirotlik mashhur bastakor – xonanda Usta Shodining shogirdi. U hayotining ko’p qismini Hirot (Husayn Boyqaro saroyi) da o’tkazgan. Alisher Navoiy rahnamoligida ijod qilgan. Qirq shogirdiga har kuni ilmi faroiz (matematika) dan, ohangdoshlik (prosodiya) va imlo — inshodan, go’shtgir (Pahlavon)likdan, ilmi musiqiydan ta’lim bergan. Uning Rost maqomining Panjgoh qismidagi qo’shiqlari g’oyat yoqimli va mashhur. Abu Said Muhammad Rumiy (Paxlavon) ning ijrochilik va bastakorlik faoliyati Navoiyning “Holoti Paxlavon Muhammad” asarida yoritilgan.