ABULVAFO

ABULVAFO Muhammad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Ismoil ibn alabbos al-Buzjoniy (940.10.6, Xuroson – 998.1.7, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 997, Bag’dod) — falakiyotchi, riyoziyotchi olim. Falakiyot, xandasa, hisobga oid risolalar yaratgan va bu sohalarda yangi ilmiy masalalarni ilgari surgan. Xususan, Arab tilidagi matematik adabiyotlarda birinchi bo’lib aylana radiusini 1 ga teng deb oldi, turli murakkab geometrik masalalarni hal qilishga urindi. Boshlang’ich trigonometriyaning izchil bayonini berdi. Abdulvafo Ltolemeyning “Almagest” (al-Majistiy) asarini yangi materiallar asosida qaytadan ishlab chiqdi, sfera uchun sin lar teoremasini isbotladi, F2 dan oralatib sin jadvalini tuzdi. Bag’dod rasadxonasida turli astronomic jadvallar tuzish yuzasidan ilmiy ish olib bordi, oy va Quyoshning burchak diametrlarini, oy harakatini o’rganishga oid muhim tadqiqotlar o’tkazdi. Yunon olimlari (shu jumladan Abulvafo Diofant) asarlarini Arab tiliga tarjima qilgan va ilmiy sharhdagan. Abulvafo asarlari Sharq matematika va astronomiya ilmi taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.