ABULFAZL ALLOMIY

ABULFAZL ALLOMIY (to’liq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx muborak) (1551 — 1603) — davlat arbobi, tarixchi va adib. Akbarnshp vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin do’sti. Uning “Akbarnoma”, “Oyini Akbariy” (“Akbarshoh qonunlari”) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bag’ishlangan. “Mukotaboti Allomiy” (boshqa nomi “Inshoyi Abulfazl”) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam qilingan. Bu maktublar boburiylarning qo’shni Sharq mamlakatlari bilan bo’lgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abufazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimgi Hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, “Iyori Donish” (“Bilim o’lchovi”) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abufazl Allomiy 1603 yil Bundala qabilasining boshlig’i Singxa Devu tarafidan o’ldirilgan.