ABULFAYZXON

ABULFAYZXON (1695-1747) – Buxoro xoni (1711-47), ashtarxoniylardan. Subhonqulixonnnng o’gli. Abulfayzxon davrida o’zaro nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur iqtisodiy-siyosiy tanazzulga yuz tutgan. Nodirshoh qo’shinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari (1747) natijasida Abulfayzxon taxtdan ag’darilib, qatl etilgan. Fitrat Abulfayzxon haqida “Abulfayzxon” dramasini yaratgan (1924).