ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD

ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (?-1157) — fiqx olimi. Uning Abu Muhammad ibn alhasan ash-Shayboniyning “Jomi’alkabir” (“Katta to’plam”) kitobiga yozgan “Sharh ul-Jomi’al-Kabir” (“Jomi’ al-Kabirning sharhi”) nomli bir necha jildli asarining 1-jildi bizgacha yetib kelgan bo’lib, u “Kitob ul-imon” (“Imon haqida kitob”), “Kitob un-nikoh” (“Nikoh haqida kitob”), “Kitob ushshahodat” (“Shahodat kitobi”), “Kitob ul-qazo” (“Hukm kitobi”) kabi sakkiz bobga bo’linadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361yilda ko’chirilgan Nodir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №5558) saqlanadi.