“ABUSHQA”

“ABUSHQA” — izohli lug’at. Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun 16-asrda Turkiyada tuzilgan. Muallifi noma’lum. Navoiy zamondoshlarining asarlaridan ham ayrim misollar kiritilgan. “Abushqa” lug’ati Abushqa so’ziga izoh bilan boshlangani uchun shu nom bilan mashhur. Bu so’z eski o’zbek tilida keksa, qari, Nuroniy ma’nolarida ishlatilgan. “Abushqa” ni yuzaga keltirishda hirotlik tole’ Imoniy tomonidan 15 – asrda Navoiy asarlariga tuzilgan O’zbekcha-forscha “Badoe’ul-lug’at” dan keng foydalanilgan. “Abushqa” ni dastavval vengriyalik sharqshunos G. Vamberi Budapeshtda Venger tilida (1862), keyin rus sharqshunosi V. Velyaminov-Zernov “Al-lug’at un-Navoiy val-istishhodot ilchig’atoiya” (“Chig’atoy tilidan shohidlik keltiruvchi Navoiy lutati”) nomi bilan nashr ettirgan (1868).