ABHARIY
ABHARIY, Asiriddin Mufazel ibn Umar (13-asr) — mantiqshunos olim. Niso (hozirgi Ashxobod) yaqinidagi Abhar qishlog’ida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida ta’lim olgan. Ikki qismdan iborat “Tug’ilish va o’lim haqida risola” muallifi. Asarning birinchi qismi 6 fasldan iborat: 1) Vojibul vujud (Alloh)ning isboti; 2) Vojibul vujud yagonaligi; 3) Vojibul Vujud namoyon bo’lishi; 4) oqibat isboti; 5) aqdlar ko’pligi; 6) malakali ruhlar. 2 – qismi 5 fasldan iborat: 1) jismoniy o’lim; 2) ruh ko’chib yurishining rad etilishi; 3) buzilmaydigan ruh; 4) ruhiy o’lim; 5) karomat, vahiy va Ilhom. Asar qo’lyozmalaridan biri Tehron unti Markaziy kutubxonasida, yana biri Eron millat Majlisi kutubxonasida va uchinchisi Erondagi Sipohsolor madrasasi kutubxonasida saqlanadi.