AVAZXON
AVAZXON — “Go’ro’g’li” turkumi dostonlaridagi yetakchi obrazlardan biri. Turkumga kiruvchi “Avazxon”, “Gulqizoy”, “Intizor”, “Malika ayyor”, “Mashriqo”, “Zulfizar”, “Bo’tako’z”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Sarvinoz”, “Balogardon”, “Avazning arazi” kabi dostonlarning bosh qahramoni. “Avazxon” dostonida tasvirlanishicha, Avazxonning otasi gurjistonlik bulduruq qassob, onasi chambillik Guloyim. Avazxon yoshligidan Xunxorshoh saroyida xizmat qiladi. Uning ovozasini eshitgan befarzand Go’ro’g’li hiyla bilan Chambilga olib keladi va xaloyiq o’rtasida qo’liga ilik berib, qad. an’anaga ko’ra, o’ziga o’g’il qilib oladi. Turkumning Xorazm nakliga ko’ra, u vayangonlik. Boshqa dostonlarda Avazxonning o’zga mamlakatlarga safari, bu safarlar davomida o’zga yurt go’zallarini Chambilga olib kelishi turli-tuman sarguzashtli voqealar girdobida juda ham qiziqarli tasvirlanadi. Avazxon dostonlarda bosqinchi dushmanlarga qarshi mardonavor kurashgan, el-yurt xizmatiga doimo tayyor turgan, ma’naviy etuk botir sifatida kuylanadi. Asrab olgan otasi Go’ro’g’liga, Chambil yurtiga sodiq va sadoqatli farzand, eng qiyin vazifalarni uz buyniga ola olgan jasoratli Alp sifatida ulug’lanadi.