AVANGARD

AVANGARD (Fransuzcha avantgarde — oldindagi qo’riqchi) — harbiy safar vaqtida asosiy kuchlarni qo’riqlash uchun oldinda boruvchi askariy qism (harbiy qo’shilma, qism yoki bo’linma). Avangard o’z qo’shinlarini yonidan qo’riqlashi ham mumkin. Avangardning vazifasi asosiy kuchlarga dushman tomonidan bexosdan qilinadigan hujumlarga yul quymaslik, asosiy kuchlarning jang qilishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Avangard qadimgi o’zbek harbiy qismlarida hiravul, avang’or, mo’g’ul lashkarlarida manqlay, mang’lay deyilgan.