AVELYANEDA

 AVELYANEDA — Argentinadagi shahar. Katta Buenos-Ayres tarkibiga kiradi. Aholisi 347 ming kishi (1991). Temir yo’l tuguni, La-plata qo’ltig’idagi port, mamlakatning eng yirik sanoat markazi. Asosan chorvachilik mahsulotlari (go’sht, jun, teri) va neftni qayta ishlaydigan, metallurgiya, to’qimachilik, ko’n poyabzal sanoati korxonalari bor. Kema remont qilinadi.