AVRANGZEB
AVRANGZEB, Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618-1707 yil mart, Ahmadobod) — Hindiston podshosi (1658-1707), Boburiylar sulolasidan, Shoh jahonning uchinchi o’g’li, Zebunniso begimning otasi. Onasi — Mumtoz mahal nomi bilan mashhur bo’lgan Arjumand Bonubegim. Avranzeb inisi Murodbaxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). Avranzeb podsholik yerlarini qo’shnixonliklar —Bijapurvagolkonda hisobiga kengaytirdi (1686-87). Lekin soliqlarning ko’payishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida Islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda g’alayonlar ko’tarilib turdi (Maxarashtra, Panjob, Dehli — Agra viloyatlarida). Shivaji (1630-80) boshchiligidagi kurash natijasida Maxarashtra alohida xonlik bo’lib ajraldi (1674). Avranzebning hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha xonliklarga bo’linib ketdi. Bu esa Hindistonda Boburiylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.