AVTOGRAVYURA
AVTOGRAVYURA (Avto… va fransuzcha gravure — o’ymakorlik, naqsh solish so’zlaridan) — gravyura turi, muallif tasvir, naqshni o’z qo’li bilan yog’och, linoleum yoki metallga o’yib ishlaydi; undan qolip sifatida foydalanib chop qilingan nusxa ham gravyura deb ataladi. Yog’och Avtogravyuralardan kitoblarga rasmlar tayyorlashda, linoleum va metall Avtogravyuralardan esa alohida nusxalar chop qilishda foydalaniladi.