AVTOKLAV

AVTOKLAV (Avto… va lot. clavis — kalit) — kimyoviy va fizik jarayonlarni (aksari, qizdirish, qaynatishni) yuqori bosimda olib borish, shuningdek tibbiy asboblar va boglov materiallarini sterillash uchun ishlatiladigan apparat. Oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, kimyo sanoatida qo’llaniladi. Avtoklavda bosimva temperatura ta’sirida mahsulotni sterillash, pishirish yoki quyultirish mumkin. Uning ichki sirti emal bilan qoplanadi. Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, Avtoklav turli bosim va temperatuada ishlaydi. Odatda Avtoklav tsilindr shaklida bo’ladi, ichiga doira shaklli yaxlit bug’g’ilofi joylanadi. Avtoklav manometr, termometr va soat bilan ta’minlanadi.