AVTOMAT TELEFON STANTSIYA

AVTOMAT TELEFON STANTSIYA (ATS) —telefon abonentlari o’rtasida (odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi o’rnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui. Elektromexaniq elektron va mexanikelektron xillarga bo’linadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektromexanik Avtomat telefon stantsiyalar yordamida quriladi. Avtomat telefon stantsiyaning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) o’ndan bir necha minggacha raqamli bo’lishi mumkin. 1000000 raqamli Avtomat telefon stantsiyaga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga bo’linadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha raqam beriladi. Chaqirayotgan abonent o’z telefon apparatining raqam tergichi yordamida chaqirilayotgan abonent telefon raqamini terib, Avtomat telefon stantsiya asboblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari Avtomat telefon stantsiyaga uzatiladi va ularning ta’sirida stansiya asboblari murakkab ish jarayoniga o’tadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu apparat bo’sh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar kerakli apparat bo’sh bo’lsa, stansiya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bo’lsa, bu haqda chaqirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, suzlashuv tugagach, stansiya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi. Chaqirilayotgan abonent liniyasini topish uchun qidirgichlar deb ataladigan asboblardan foydalaniladi. Kontakt maydonida 10 ta qator bo’lib, ularning har qaysisida 10 ta kontakt bor (shuning uchun qidirgich “dekadali” deb ataladi; Yunoncha dekas — 10 ta so’zidan olingan). Harakatlantiruvchi mexanizm cho’tkalar mahkamlangan o’q, ko’ndalang va bo’ylama tishlari bo’lgan baraban hamda ikkita — ko’taruvchi va aylantiruvchi elektr magnitdan iborat. Raqam tergichda terilgan birinchi raqam impulslari ta’sirida ko’taruvchi elektr magnit o’z magnitini tegishli marta tortadi va uning tirakchasi barabanning ko’ndalang tishlaridan biriga taqalib, o’qni va, demak, cho’tkani shuncha qadamga ko’taradi (qidirgich nomidagi “qadamli” so’zi shundan kelib chiqqan). Ikkinchi raqam impulslari ta’sirida aylantiruvchi elektr magnit xuddi shu tariqa chutkani buradi, masalan, agar 73 raqami terilsa, ko’taruvchi elektr magnit cho’tkani 7 qatori qarshisiga, aylantiruvchi elektr magnit esa kontaktni 3 qatori qarshisiga to’g’ri keltiradi. Bitta dekada-qadamli qidirgich 100 abonentli (100 dan 99 gacha) Avtomat telefon stantsiyaga xizmat ko’rsatishi mumkin. Katta sig’imli (ko’p raqamli) Avtomat telefon stantsiyada ulash jarayoni murakkabroq, unda bitta emas, ketma-ket ulangan bir nechta qidirgich qatnashadi. Agar Avtomat telefon stantsiyaga 100 dan 1000 gacha abonentlar ulangan bo’lsa, ular uch qiymatli raqamga ega bo’ladi. Birinchi raqam terilganda birinchi qidirgich ko’tarila boshlaydi (uning kontaktlariga abonentlar liniyalari o’rniga boshqa qidirgichlar ulangan bo’ladi, bu qidirgichlarning kontaktlariga esa tegishli yuzliklardagi abonentlarning liniyalari ulanadi). Birinchi raqam terilib, raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga qaytgach, birinchi qidirgich cho’tkalarining ikkinchi harakati boshlanadi. Chutka to bo’sh yuzliklar qidirgichi liniyasida to’xtagunga qadar avtomatik tarzda harakatlanaveradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda ikkinchi qidirgich cho’tkalari chaqirilayotgan abonent liniyasini topadi. Ma’lum abonentlar guruhi qidirgichini topish uchun xizmat qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb ataladi. Masalan, 10000 abonentli Avtomat telefon stantsiyaga ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi kerak. Ulardan biri birinchi raqamni terganda, ikkinchisi esa ikkinchi raqamni terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari sonini oshirgan sari istagancha ko’p abonentlar orasida aloqa o’rnatishga imkon tug’ilaveradi. Hozirgi vaqtda ancha takomillashgan — koordinatali Avtomat telefon stantsiya keng tarqalgan. Ularda qidirgich vazifasini koordinatali ulagich bajaradi. Bunday qidirgichning asosi koordinatalar to’ri bo’lib, u bir necha ayqashuvchi tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) yo’llar (koordinatalar) dan iborat. Bu yo’llar elektr magnit ta’sirida o’z o’qi atrofida ma’lum burchakka burila oladi. Yo’llar tutashgan nuqtalarda kontakt guruhlari joylashgan: ayqashuvchi yo’llar burilgan paytda kontaktlar tutashib, abonentlar liniyalarini ulaydi. Mikroelektronika rivojlanishi munosabati bilan kvazielektron Avtomat telefon stantsiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda (kvazielektron so’zidagi lotincha “kvazi” — “go’yo” so’zi elektron stansiyalar xaqida gap ketayotganligini bildiradi). Bunday Avtomat telefon stantsiyalarda abonentlar liniyalarini ulash ishlarini maxsus elektron hisoblash mashinalari boshqaradi. Bunday stansiyalarda mikroelektronika elementlaridan keng foydalaniladi. Bu esa stansiyani yig’ishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni ancha tejaydi va uning puxta ishlashini ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda chaqiradigan va chaqiriladigan abonentlar liniyalari kontakt plastinalar yordamida ulanadi. Shu bois Avtomat telefon stantsiya tamomila elektron Avtomat telefon stantsiya emas, balki kvazielektron Avtomat telefon stantsiya deb yuritiladi. Bu kontakt plastinalar inert gaz to’ldirib kavsharlangan mitti shisha kolbaga joylashtirilgan; plastinalar kolbaga mahkamlangan elektr magnit chulg’ami hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida tutashadi. Bunday qurilmalar gerkon deb ataladi. Ular mikroelektronika elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir tuliq elektron Avtomat telefon stantsiya ham ishlab chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda. Ularda ulashlarni boshqarish ham, ulashlarning o’zi ham elektron tarzda yuz beradi. Shahar Avtomat telefon stantsiya va shaharlararo avtomatik telefon stansiyalari (Shahar Avtomat telefon stantsiya) mavjud. Shatsning qidirgichlaridagi kontakt maydoniga abonentlar liniyalari emas, turli shaharlarni bir-biriga ulovchi ko’p kanalli tizimlarning kanallari ulanadi. Boshqa shahardagi abonentni chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni (masalan, 8 raqamini) teradi. Shunda u o’z apparatidan Shahar Avtomat telefon stantsiya qidirgichi cho’tkalariga boradigan liniyani ulaydi. Navbatdagi 3 ta raqam (masalan, 095), ya’ni biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan abonent chaqirilayotgan shahar Shahar Avtomat telefon stantsiyaga bog’lanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni terib, shahar Avtomat telefon stantsiya qidirgichlariga ta’sir qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent telefon apparati chaqirilayotgan abonent telefon apparatiga ulanadi. G’ofirjon SHoyokubov.