AVTOMOTRITSA

AVTOMOTRITSA — ichki yonuv dvigatel bilan ta’minlangan o’ziyurar temir yo’l vagoni. Tez buziladigan va qimmatbaho yuklar, pochta tashiladi. Avtomotritsaga bitta yoki ikkita vagon ulash mumkin. To’rt o’qli Avtomotritsa ikkita vagondan iborat bo’ladi. Birinchi vagonda uch bo’lim: mashina bo’limi, bufet hamda yo’lovchilar bo’limi bor. Qo’sh eshikli ikkinchi vagon faqat yo’lovchilar uchun moslashtirilgan.