AVTOPOLIPLOIDIYA
AVTOPOLIPLOIDIYA, autopoliploidiya (Avto … va poliploidiya) — bir turga mansub o’simliklar, kamdan-kam hollarda hayvonlar hujayralarida xromosomalar to’plami sonining bir necha marta ko’payishidan iborat irsiy o’zgarish. Avtopoliploidiya o’simliklar va hayvonlar ontogenezida, shuningdek o’simliklar filogenezida, hayvonlar partenogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Sun’iy yo’l bilan (yuqori temperatura, nurlantirish, kimyoviy birikmalar ta’sirida) paydo qilingan Avtopoliploidiya orqali grechixa, javdari, qand lavlagi va boshqalarning yangi navlari olingan.