AVTOULAGICH
AVTOULAGICH — temir yo’l sostavi (lokomotivlar, vagonlar va hokazo) ni odam ishtirokisiz ulaydigan moslama. Avtoulagich harakatlanuvchi sostavlarning birbiriga yaqinlashish yoki urilish kuchi ta’sirida ularni o’z-o’zidan ulaydi. Vagonlarni bir-biridan ajratishda esa odam ishtirok etadi: ajratish moslamasini ishga tushiradi. Avtoulagichdan foydalanish tufayli vagonlarni ulash, manyovr ishlari tezlashadi.