GRAFITOPLASTLAR

GRAFITOPLASTLAR – tarkibida to’ldirgich sifatida tabiiy yoki sun’iy grafit, yoxud karbonatlashgan maqsulotlar (Kokslar, termoantrasit va boshqalar) bo’lgan plastmassalar. Grafitoplastlar presslangan kukun, donador va quyma kompaundlar ko’rinishida olinadi. Buyumlar presslangan kukunlardan issiqlayin presslab tayyorlanadi. Termoreaktiv materiallar (bog’lovchi modda — sintetik smolalar) kimyo apparatlari, elektr isitkich elementlari ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Grafitli termoplastlar (poliamidlar, ftoroplast-4) mashinalarning ishqalanuvchi detallari (masalan, podshipniklarning vkladishlari) uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari Grafitoplastlardan turli xil filtrlar, quyish qoliplari, shesternyalar, porshen halqalari va boshqalar tayyorlanadi.