GO’SHT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI
GO’SHT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI — yaylovda tez va yaxshi semiradigan mollar. Bularga qalmoqi (Astraxon), qozoqi oq bosh, Gere- Ford, shortgorn, Aberdin Angus, santagertruda kabi zotlar kiradi. Sigirlarining vazni 500-550 kilogramm, buqalariniki 850— 900 kilogramm. Sog’in davrida o’rtacha 700-800 kilogramm, ayrim hollardagina 2000-2500 kilogramm sut beradi. Semirtirilgan 1,5—2 yashar mollarining vazni 400-560 kilogramm, 8 oylik buzoqlarining vazni 180-210 kilogramm. Ular tez yetiladi. 2— 3 yashari semirtirilganda 60-65% go’sht-yog’ qiladi, terisidan sifatli charm tayyorlanadi. MDH mamlakatlarida umumiy go’sht mahsulotlari hajmining 43% dan ko’prog’i qoramol go’shtiga tug’ri keladi. AQSh, Kanada, Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari, Avstraliya, yangi Zelandiyada go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik rivojlangan. O’zbekistonda jaydari mollar bilan chatishtirilib, go’shtdor qoramol podalari yaratilmoqda.